Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Turaqlı komissiya májlisi ótkerildi
янв.21
"Áhmiyetli toqsan kúnlik" ilajları sheńberinde rayonlıq sport mektebi úyrenildi
янв.21
Deputat muammoli masalani joyiga chiqib o‘rgandi va ijobiy hal etdi
янв.21
Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Deputatlar Qusxanataw APJ aymaǵındaǵı «Margulan ónermentleri» tigiw cexında boldı.
янв.21
Bozataw rayonında irrigaciya infrastrukturası jaqsılanbaqta
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zosi bilan yoshlarga ajratilgan yerlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
Bozataw rayonında irrigaciya infrastrukturası jaqsılanbaqta
янв.21
Tumandagi tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik o‘rganishlar davom etmoqda.
Deputat nazorati: PQ–393-son qarori ijrosi joyida o‘rganildi

#nazorat_tahlil
#kengash_raisi_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati

Deputat nazorati: PQ–393-son qarori ijrosi joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov, tuman Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi U.Xo‘shboqov hamda tuman hokimligining mas’ul xodimlari birgalikda 9-Gilambob saylov okrugidan saylangan deputat A.Kenjayev nazoratiga biriktirilgan obyektlarda nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, shuningdek, oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritalari” asosida Qiziriq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ–393-son “2026–2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida “Xalqobod” mahallasida joylashgan 5-sonli umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish, mavjud 140 o‘rinli bino o‘rnida 210 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurilishi ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida qurilish-montaj ishlarining borishi, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishi, qurilish sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish hamda qurilish ishlarini belgilangan muddatda sifatli yakunlash yuzasidan zarur choralar ko‘rish lozimligi ta’kidlandi.


Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 5