Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Turaqlı komissiya májlisi ótkerildi
янв.21
"Áhmiyetli toqsan kúnlik" ilajları sheńberinde rayonlıq sport mektebi úyrenildi
янв.21
Deputat muammoli masalani joyiga chiqib o‘rgandi va ijobiy hal etdi
янв.21
Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Deputatlar Qusxanataw APJ aymaǵındaǵı «Margulan ónermentleri» tigiw cexında boldı.
янв.21
Bozataw rayonında irrigaciya infrastrukturası jaqsılanbaqta
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zosi bilan yoshlarga ajratilgan yerlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
Bozataw rayonında irrigaciya infrastrukturası jaqsılanbaqta
янв.21
Tumandagi tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik o‘rganishlar davom etmoqda.
Tahririyat faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi

#162_ta_qonun
#biriktirilgan_tashkilot
#kotibiyat_mudiri_faoliyati

Tahririyat faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev deputatga biriktirilgan tashkilot bilan ishlash yo‘nalishi doirasida Qiziriq tumani “Taraqqiyot” gazetasi tahririyatida bo‘ldi.

O‘rganish davomida tahririyat tomonidan aholini xolis va tezkor axborot bilan ta’minlash, davlat organlari faoliyatining ochiqligini yoritish, amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish hamda ommaviy axborot vositalari faoliyatini samarali tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (2002-yil 12-dekabr, 439-II-son) ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida ham o‘rganish olib borildi. Jarayonda qonun talablarining amaliy ijrosi, fuqarolarning axborot olish huquqini ta’minlash, axborotning ochiqligi va xolisligini ta’minlash, shuningdek, tahririyat faoliyatida amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishi tahlil qilindi.

O‘rganish yakunida tahririyatning moddiy-texnik bazasi bugungi kun talablariga to‘liq javob bermasligi, xususan, zamonaviy kompyuter texnikalari va boshqa zarur jihozlarga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi. Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish hamda tahririyatning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3