51-oilaviy
poliklinika filialida bepul dori vositalari bilan ta’minlanish holati
o‘rganildi
Aholini ijtimoiy
himoya qilish, xususan, sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish va bepul dori
vositalari bilan uzluksiz ta’minlanish holatini nazorat qilish doimiy
e’tiborimizda.
Mazkur
o‘rganishlar kotibiyat bosh mutaxassisi G.Xudoyqulovaga biriktirilgan 20-Kultepa
saylov okrugi deputati (XDP partiya guruhi a’zosi) G.G‘ulomxonova hududiga
qarashli Kultepa MFYdagi 51-oilaviy poliklinika filialida amalga oshirildi.
O‘rganish
davomida aholiga ajratilayotgan bepul dori vositalarining mavjudligi ko‘zdan
kechirildi. Natijalarga ko‘ra, ushbu filialda dori vositalari bilan
ta’minlanish holati yaxshi ekanligi va ushbu yo‘nalishda muammolar mavjud
emasligi aniqlandi.
Fuqarolarning
sog‘lig‘ini saqlash va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash borasidagi
ishlar tizimli ravishda nazorat qilib boriladi.
Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati)
Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/
Instagram(https://www.instagram.com/piskent_tuman_kengashi?igsh=MXY1ZzNjYXhweG1oZw