Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Áhmiyetli toqsan kúnlik" ilajları sheńberinde rayonlıq sport mektebi úyrenildi
янв.21
Deputat muammoli masalani joyiga chiqib o‘rgandi va ijobiy hal etdi
янв.21
Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Deputatlar Qusxanataw APJ aymaǵındaǵı «Margulan ónermentleri» tigiw cexında boldı.
янв.21
Bozataw rayonında irrigaciya infrastrukturası jaqsılanbaqta
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zosi bilan yoshlarga ajratilgan yerlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
Bozataw rayonında irrigaciya infrastrukturası jaqsılanbaqta
янв.21
Tumandagi tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik o‘rganishlar davom etmoqda.
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash masalalari keng muhokama qilindi
#Deputat_axboroti

#Deputat_axboroti

2026-yilning II-choragi yakunlari bo‘yicha deputatlik faoliyati yuzasidan aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi hamda Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya rais O‘zbekiston Respublikasining “Истеъмол кредити тўғрисида" gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni №O‘RQ-33”gi Qonuni, "Фуқароларнинг давлат пенсия таъминоти тўғрисида" O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-938-XII Qonuni, ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tartibida aholi bilan uchrashib har bir masala bo‘yicha o‘rganish olib borildi.

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi 5-Obod Turmush saylov okrugi deputati Gulamov Murod Baxtiyorovich tomonidan 2026-yilning II choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan “Obod turmush” mahallasi aholisiga axborot berish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda mahalla yettiligi a'zolari, mahalla faollari, umumta'lim maktablari direktorlari hamda fuqarolar ishtirok etdi.

Tadbir davomida deputat tomonidan saylovchilar murojaatlarini o‘rganish, hamda doimiy kommisiya o'ziga biriktirilgan qonun ijrosini hududdagi ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal etish, tegishli tashkilotlarga yuborilgan deputatlik so‘rovlari hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Shuningdek, deputat tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq saylovchilar bilan muntazam muloqot olib borish, ularning manfaatlarini himoya qilish hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan ham axborot taqdim etildi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 2