Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Áhmiyetli toqsan kúnlik" ilajları sheńberinde rayonlıq sport mektebi úyrenildi
янв.21
Deputat muammoli masalani joyiga chiqib o‘rgandi va ijobiy hal etdi
янв.21
Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Deputatlar Qusxanataw APJ aymaǵındaǵı «Margulan ónermentleri» tigiw cexında boldı.
янв.21
Bozataw rayonında irrigaciya infrastrukturası jaqsılanbaqta
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zosi bilan yoshlarga ajratilgan yerlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
Bozataw rayonında irrigaciya infrastrukturası jaqsılanbaqta
янв.21
Tumandagi tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik o‘rganishlar davom etmoqda.
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash masalalari keng muhokama qilindi
Paxtakor mahallasida ijtimoiy himoya tizimi va qonunchilik ijrosi o‘rganildi

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda
#24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun


Paxtakor mahallasida ijtimoiy himoya tizimi va qonunchilik ijrosi o‘rganildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zbekiston XDPdan saylangan "8-Ko'kcha-Oqtepa" okrugi deputati Imamov Sabitjon Xudaynazarovich tashabbusi bilan 24 talik tavsiyalar ijrosi yuzasidan okrugdagi Paxtakor mahallasida o'rganish ishlari olib borildi. O'rganishda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov ishtirok etdi.

📊 O'rganish davomida Paxtakor mahallasining ijtimoiy-iqtisodiy holati tahlil qilindi. Mahallada 21 ta ko'cha, 867 ta xonadon, 3 710 ta oila hamda 7 083 nafar aholi istiqomat qilmoqda.

📇 Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ehtiyojmand toifalariga ko'rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda to'lash sifati o'rganildi. Hozirda ijtimoiy reyestrda 20 nafar fuqaro ro'yxatga olingan bo'lib, shundan 10 nafari davlat ta'minotidagi fuqarolar, 3 nafari esa kambag'allikdan chiqarish bosqichida ekani qayd etildi.

🗂 Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasining 2025-yil 17-dekabrdagi O'RQ-1102-son Qonuni ijrosi va uning amaliyotda qo'llanilishi yuzasidan ham o'rganish olib borildi. Yakunda aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 5