Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Áhmiyetli toqsan kúnlik" ilajları sheńberinde rayonlıq sport mektebi úyrenildi
янв.21
Deputat muammoli masalani joyiga chiqib o‘rgandi va ijobiy hal etdi
янв.21
Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Deputatlar Qusxanataw APJ aymaǵındaǵı «Margulan ónermentleri» tigiw cexında boldı.
янв.21
Bozataw rayonında irrigaciya infrastrukturası jaqsılanbaqta
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zosi bilan yoshlarga ajratilgan yerlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
Bozataw rayonında irrigaciya infrastrukturası jaqsılanbaqta
янв.21
Tumandagi tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik o‘rganishlar davom etmoqda.
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash masalalari keng muhokama qilindi
Kengash_faoliyati

#24_ta_masala

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 6-"Navbahor" saylov okrugi deputati K.Amanqulovga biriktirilgan tuman
Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov tomonidan "Bandixon" mahallasida deputatlik nazorati doirasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz yashovchi keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, fuqarolarning ijtimoiy muammolarini aniqlash, ularni "mahallabay" tizim asosida o‘rganish, murojaatlarni o‘z vaqtida qabul qilish va ijrosini ta'minlash, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmat va yordamlarning manzilliligi hamda sifati yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan yuritilayotgan hujjatlar, elektron axborot tizimlariga ma'lumotlarning o‘z vaqtida kiritilishi, fuqarolar bilan individual ishlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta'minlash, sog‘lig‘ini tiklash va boshqa ijtimoiy masalalar bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlar ham ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining "Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida"gi qonunchilik hujjatlari hamda "Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida"gi Qonuni talablariga muvofiq fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularga qonuniy va asosli javob berish, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Nazorat tadbiri davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif va muammolar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Aniqlangan ayrim kamchiliklar va mavjud muammolar yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiya hamda takliflar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 1