Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Áhmiyetli toqsan kúnlik" ilajları sheńberinde rayonlıq sport mektebi úyrenildi
янв.21
Deputat muammoli masalani joyiga chiqib o‘rgandi va ijobiy hal etdi
янв.21
Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Deputatlar Qusxanataw APJ aymaǵındaǵı «Margulan ónermentleri» tigiw cexında boldı.
янв.21
Bozataw rayonında irrigaciya infrastrukturası jaqsılanbaqta
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zosi bilan yoshlarga ajratilgan yerlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
Bozataw rayonında irrigaciya infrastrukturası jaqsılanbaqta
янв.21
Tumandagi tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik o‘rganishlar davom etmoqda.
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash masalalari keng muhokama qilindi
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi.

 O‘rganish davomida boshqaruv servis kompaniyasi rahbari Flora Yodgorova bilan uchrashuv o‘tkazilib, kompaniya tasarrufidagi 10 ta ko‘p qavatli uyda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Ta'kidlanganidek, mazkur boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati yuzasidan deputat tomonidan ilgari yuborilgan bir qator deputatlik so‘rovlari asosida ko‘tarilgan masalalar ijobiy hal etilgan. Shuningdek, ko‘p qavatli uylarni saqlash, joriy ta'mirlash, kommunal xizmatlar sifati, obodonlashtirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati atroflicha tahlil qilindi.

Uchrashuvda Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi tomonidan boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan olib borilayotgan nazorat ishlari, belgilangan vazifalar hamda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Deputat tomonidan saylov okrugidagi boshqaruv servis kompaniyasi faoliyatini doimiy ravishda o‘rganib borish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqish hamda mazkur masalani Kengashning doimiy komissiyasi yig‘ilishida muhokama qilish yuzasidan zarur vazifalar belgilandi.

Ko‘p qavatli uylarni sifatli boshqarish, aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar samaradorligini oshirish hamda boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2