Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zosi bilan yoshlarga ajratilgan yerlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
Bozataw rayonında irrigaciya infrastrukturası jaqsılanbaqta
янв.21
Tumandagi tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik o‘rganishlar davom etmoqda.
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash masalalari keng muhokama qilindi
янв.21
Turaqlı komissiya májilisi bolıp ótti.
янв.21
Xalıqtıń mútájligi - deputat itibarında
янв.21
Aholi murojaatiga asosan – deputat joylarga borib o‘rganildi
янв.21
Deputat, nuranıyler menen ushırasıwı
янв.21
Jańa Ózbekstan kórinisindegi máhálleler qatarına Erkindarya awıl puqaralar jıyını da qosıldı
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏫 Maktabdagi qurilish va rekonstruksiya ishlari nazoratda

👤 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 18-Cho‘yinchi–Qishloqbozor saylov okrugi deputati B. Toshpo‘latov hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan "Cho‘yinchi" mahallasidagi 56-son umumta'lim maktabida olib borilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

🏗 O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, belgilangan muddatlarga rioya etilishi, bajarilayotgan ishlar sifati hamda loyiha talablariga muvofiqligi yuzasidan monitoring olib borildi. Mas'ul tashkilot vakillari bilan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, qurilishni belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash yuzasidan tavsiyalar berildi.

📄 Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026–2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-son qarori asosida amalga oshirilmoqda.

🎓 Rekonstruksiya ishlari yakunlangach, maktabda ta'lim oluvchi o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratiladi hamda ta'lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5