Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Turaqlı komissiya májlisi ótkerildi
янв.21
"Áhmiyetli toqsan kúnlik" ilajları sheńberinde rayonlıq sport mektebi úyrenildi
янв.21
Deputat muammoli masalani joyiga chiqib o‘rgandi va ijobiy hal etdi
янв.21
Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Deputatlar Qusxanataw APJ aymaǵındaǵı «Margulan ónermentleri» tigiw cexında boldı.
янв.21
Bozataw rayonında irrigaciya infrastrukturası jaqsılanbaqta
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zosi bilan yoshlarga ajratilgan yerlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
Bozataw rayonında irrigaciya infrastrukturası jaqsılanbaqta
янв.21
Tumandagi tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik o‘rganishlar davom etmoqda.
Deputatlik so‘roviga ijobiy javob taqdim etildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi va deputati O‘.Tojiyeva tomonidan fuqarolarning murojaatlarini ijobiy hal etish maqsadida yuborilgan deputatlik so‘rovi yuzasidan mas’ul tashkilot tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Deputatlik so‘rovi asosida Islomobod mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro Rahmonova Feruzaning murojaati Qo‘qon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan belgilangan tartibda atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish natijasida fuqaroga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilib, u Qo‘qon shahar “Ilk rivojlanish” maktabgacha ta’lim tashkilotiga tarbiyachi lavozimiga sinov muddati bilan ishga yo‘naltirildi. Shuningdek, fuqaroga kasb-hunarga o‘qitish, malaka oshirish, imtiyozli kredit olish hamda boshqa bandlik imkoniyatlari yuzasidan ham batafsil tushuntirishlar berildi.

Mazkur deputatlik so‘rovi bo‘yicha mas’ul tashkilot tomonidan amaliy choralar ko‘rilgani fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida e’tibor qaratish, ularning bandligini ta’minlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlarning samarali natijasi hisoblanadi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi tomonidan deputatlik so‘rovlarining ijrosi yuzasidan nazorat ishlari izchil davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi