Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Turaqlı komissiya májlisi ótkerildi
янв.21
"Áhmiyetli toqsan kúnlik" ilajları sheńberinde rayonlıq sport mektebi úyrenildi
янв.21
Deputat muammoli masalani joyiga chiqib o‘rgandi va ijobiy hal etdi
янв.21
Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Deputatlar Qusxanataw APJ aymaǵındaǵı «Margulan ónermentleri» tigiw cexında boldı.
янв.21
Bozataw rayonında irrigaciya infrastrukturası jaqsılanbaqta
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zosi bilan yoshlarga ajratilgan yerlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
Bozataw rayonında irrigaciya infrastrukturası jaqsılanbaqta
янв.21
Tumandagi tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik o‘rganishlar davom etmoqda.
Mahallada jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi

Qo‘qon shahar Kengashi deputati O.Bozarovning 14-“Degrizlik” saylov okrugi hududidagi “Degrizlik” mahallasida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan muhim masalalar yuzasidan o‘rganish va muhokama o‘tkazildi.

Muhokamada Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adhamov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qo‘qon shahar Kengashi raisi A.Akbarov, mahalla profilaktika inspektori, mahalla raisi hamda yoshlar yetakchisi ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1 va PQ-111-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha Qo‘qon shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining hisobotida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish, yoshlar o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning barvaqt oldini olish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla faollari, profilaktika inspektori va yoshlar yetakchisining o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish, "mahallabay" ishlash tizimini samarali yo‘lga qo‘yish hamda aholi bilan profilaktik uchrashuvlarni muntazam tashkil etish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2