Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Turaqlı komissiya májlisi ótkerildi
янв.21
"Áhmiyetli toqsan kúnlik" ilajları sheńberinde rayonlıq sport mektebi úyrenildi
янв.21
Deputat muammoli masalani joyiga chiqib o‘rgandi va ijobiy hal etdi
янв.21
Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Deputatlar Qusxanataw APJ aymaǵındaǵı «Margulan ónermentleri» tigiw cexında boldı.
янв.21
Bozataw rayonında irrigaciya infrastrukturası jaqsılanbaqta
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zosi bilan yoshlarga ajratilgan yerlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
Bozataw rayonında irrigaciya infrastrukturası jaqsılanbaqta
янв.21
Tumandagi tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik o‘rganishlar davom etmoqda.
Qaror ijrosi yuzasidan navbatdagi o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 2026-yil 25-maydagi VII-22-42-11-166-K/26-sonli qarori ijrosini o‘rganish maqsadida navbatdagi monitoring ishlari amalga oshirildi.

O‘rganishda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Ishchi guruh tomonidan To‘laboy mahalla fuqarolar yig‘ini, Orom ko‘chasi 51-xonadonda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida qaror asosida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, qurilish-ta’mirlash ishlari sifati, foydalanilayotgan qurilish materiallari hamda ishlarning belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan monitoring olib borildi.

Mas’ullar bilan o‘tkazilgan muloqotda ta’mirlash ishlarini sifatli tashkil etish, belgilangan loyiha talablariga rioya qilish va ishlarni o‘z vaqtida yakunlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, qaror ijrosini to‘liq ta’minlash bo‘yicha zarur vazifalar belgilandi.

Mazkur masala Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputatlari va kotibiyat tomonidan doimiy nazoratga olingan bo‘lib, monitoring ishlari izchil davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3