Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zosi bilan yoshlarga ajratilgan yerlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
Bozataw rayonında irrigaciya infrastrukturası jaqsılanbaqta
янв.21
Tumandagi tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik o‘rganishlar davom etmoqda.
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash masalalari keng muhokama qilindi
янв.21
Turaqlı komissiya májilisi bolıp ótti.
янв.21
Xalıqtıń mútájligi - deputat itibarında
янв.21
Aholi murojaatiga asosan – deputat joylarga borib o‘rganildi
янв.21
Deputat, nuranıyler menen ushırasıwı
янв.21
Jańa Ózbekstan kórinisindegi máhálleler qatarına Erkindarya awıl puqaralar jıyını da qosıldı
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati tomonidan fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida M. Eshtemirov mahallasi Anhor ko‘chasida elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning to‘xtab qolgani yuzasidan mas’ul tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.

O‘rganishlar davomida mazkur hudud uchun zarur bo‘lgan beton ustunlar, elektr simlari va traverslar viloyat tomonidan to‘liq ajratilgani, biroq ishlarning tuman darajasida amaliy ijrosi ta’minlanmayotgani aniqlandi.

Deputatlik so‘rovida:

♾ ishlarning to‘xtab qolish sabablari;
♾ mas’ul ijrochilar;
♾ qurilish-montaj ishlarini qayta boshlash va yakunlash muddatlari;
♾ muammoni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarning qonuniy va o‘z vaqtida hal etilishi yuzasidan deputatlik nazorati davom ettiriladi.

Slide 1 of 3