Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tumandagi tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik o‘rganishlar davom etmoqda.
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash masalalari keng muhokama qilindi
янв.21
Turaqlı komissiya májilisi bolıp ótti.
янв.21
Xalıqtıń mútájligi - deputat itibarında
янв.21
Aholi murojaatiga asosan – deputat joylarga borib o‘rganildi
янв.21
Deputat, nuranıyler menen ushırasıwı
янв.21
Jańa Ózbekstan kórinisindegi máhálleler qatarına Erkindarya awıl puqaralar jıyını da qosıldı
янв.21
Deputat Aspantay awıl puqaralar jıyınında boldı
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Deputatlarga biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi

Deputatlarga biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari G. Shafoatova hamda K. Abdullayeva tomonidan deputatlarga biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini o‘rganish maqsadida Termiz tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida markaz faoliyati, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, profilaktik tadbirlar hamda sohaga oid dolzarb masalalar yuzasidan mutaxassislar bilan muloqot qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 2015-yil 15-iyulda qabul qilingan, Senat tomonidan 2015-yil 6-avgustda ma’qullangan) ijrosi yuzasidan savol-javoblar o‘tkazilib, qonun normalarining amaliyotdagi qo‘llanilishi, sanitariya talablari hamda epidemiologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, qonun hujjatlari ijrosini samarali tashkil etish va aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5