Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zosi bilan yoshlarga ajratilgan yerlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
Bozataw rayonında irrigaciya infrastrukturası jaqsılanbaqta
янв.21
Tumandagi tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik o‘rganishlar davom etmoqda.
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash masalalari keng muhokama qilindi
янв.21
Turaqlı komissiya májilisi bolıp ótti.
янв.21
Xalıqtıń mútájligi - deputat itibarında
янв.21
Aholi murojaatiga asosan – deputat joylarga borib o‘rganildi
янв.21
Deputat, nuranıyler menen ushırasıwı
янв.21
Jańa Ózbekstan kórinisindegi máhálleler qatarına Erkindarya awıl puqaralar jıyını da qosıldı
#DEPUTAT_SAYLOVCHILARGA_AXBOROTI
Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashi deputati Karimov Shamsiddin Boymirzayenvich 2026 yilning II-choragi yakunlari bo‘yicha o‘zi saylangan 17-Sharq Yulduzi okrugidagi Sharq Yulduzi mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tuman hokimining o‘rinbosari va mas’ul xodimlari, Tuman gaz ta’minoti, elektr ta’minoti, suv oqava hamda avtoyo‘l davlat tashkilotlari, kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, Inson ijtimoiy xizmati agentligi, mahalla yettiligi xodimlari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida deputatning o‘tgan chorak mobaynida tumanda hamda o‘zi saylangan okrugi xududida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida olib boriladigan rejalari yuzasidan axboroti eshitildi.

Shuningdek, saylovchilarning fikrlari va takliflari ham uchrashuv davomida eshitildi. Jumladan, mahalla xududida nosoz beton tayanchlar va transformatorlar mavjudligi fuqarolar tomonidan aytib o‘tildi. Elektr ta’minoti korxonasi xodimi tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan ko‘chalarda o‘rganish ishlari olib borildi va transformator ta’mirlash ishlari, beton tayanchlarni qayta o‘rnatish ishlari boshlandi.

Shu kabi murojaatlar Suvoqava va Gazta’minot idoralari mas’ul xodimlariga ham kelib tushdi. Mutaxassislar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilishi tashkil qilindi.

| Web.sayt |Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |
Slide 1 of 4