Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Turaqlı komissiya májlisi ótkerildi
янв.21
"Áhmiyetli toqsan kúnlik" ilajları sheńberinde rayonlıq sport mektebi úyrenildi
янв.21
Deputat muammoli masalani joyiga chiqib o‘rgandi va ijobiy hal etdi
янв.21
Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Deputatlar Qusxanataw APJ aymaǵındaǵı «Margulan ónermentleri» tigiw cexında boldı.
янв.21
Bozataw rayonında irrigaciya infrastrukturası jaqsılanbaqta
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zosi bilan yoshlarga ajratilgan yerlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
Bozataw rayonında irrigaciya infrastrukturası jaqsılanbaqta
янв.21
Tumandagi tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik o‘rganishlar davom etmoqda.
Qonun ijrosini o‘rganish natijalari doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tuman Kengashi huzurida tuzilgan ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan Bag‘dod tumani Tibbiyot birlashmasida olib borilgan o‘rganish natijalari atroflicha muhokama qilindi.

Dastlab, ishchi guruh a’zosi, tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi raisi Z. To‘rayev tomonidan o‘rganish yakunlari va aniqlangan holatlar yuzasidan tayyorlangan xulosa o‘qib eshittirildi.

Shundan so‘ng, Bag‘dod tumani Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i J. Sherg‘oziyev tomonidan Qonun ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar hamda istiqboldagi vazifalar yuzasidan hisobot taqdim etildi.

Muhokamalar davomida doimiy komissiya a’zolari tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar inobatga olinib, mazkur masalani Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.

Slide 1 of 8