Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tumandagi tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik o‘rganishlar davom etmoqda.
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash masalalari keng muhokama qilindi
янв.21
Turaqlı komissiya májilisi bolıp ótti.
янв.21
Xalıqtıń mútájligi - deputat itibarında
янв.21
Aholi murojaatiga asosan – deputat joylarga borib o‘rganildi
янв.21
Deputat, nuranıyler menen ushırasıwı
янв.21
Jańa Ózbekstan kórinisindegi máhálleler qatarına Erkindarya awıl puqaralar jıyını da qosıldı
янв.21
Deputat Aspantay awıl puqaralar jıyınında boldı
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
#deputat_axboroti #deputatlik_faoliyati 🗣“Guliston” mahallasida deputat saylovchilar oldida 2026-yil II chorak yakunlari bo‘yicha axborot berdi
Tadbirda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov, Termiz shahar hokimligidan mas’ul shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Raxmonova, O‘zLiDeP Termiz shahar Kengashi raisi A.Tangirov, "Madad" nodavlat notijorat tashkilotining Termiz shahar vakili M.Xasanov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov, mahalla faollari hamda ko‘plab saylovchilar ishtirok etdi.

💬Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasining «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida»gi Qonunining 7-moddasi hamda Senat tomonidan tasdiqlangan deputatlarning saylovchilar oldida axborot berish tartibi talablari asosida tashkil etildi.

💬Dastlab, deputat F.Homidovning o‘tgan II chorak davomida saylov okrugida saylovchilar manfaatlarini himoya qilish maqsadida yuborilgan deputatlik so‘rovlari, shahar Kengashi sessiyalarida ko‘rib chiqilgan masalalar, qabul qilingan normativ-huquqiy qarorlar, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar va ularning ijrosi, shuningdek, saylov okrugida olib borilgan amaliy ishlar haqida amalga oshirgan ishlari borasidagi batafsil axboroti shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov tomonidan saylovchilarga o‘qib eshittirildi.

💬Xususan, deputatlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish va ularning yechimi yuzasidan vakolatli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritishdan iborat. Shu asosda ichki yo‘llarni ta'mirlash, obodonlashtirish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, bolalar maydonchalarini yaxshilash, kommunal infratuzilmani rivojlantirish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma'lumot berildi.

💬Uchrashuv davomida Termiz shahar hokimligidan mas’ul shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Raxmonova joriy yilning o‘tgan davri mobaynida shaharda amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar yuzasidan saylovchilarga qisqacha ma’lumot berdi.

💬O‘z navbatida “Madad” NNTning Termiz shahar vakili M.Xasanov so‘zga chiqib aholiga tashkilot tomonidan ko‘rsatilayotgan bepul xizmatlar haqida so‘zladi. Fuqarolarga kundalik hayotda duch keladigan huquqiy muammolarda qanday qilib bepul yuridik maslahatlar hamda sud va idoralarga ariza-shikoyatlar yozishda amaliy yordam olish tartiblarini tushuntirdi.

💬"Deputat saylovchilari oldida har bir qilgan ishi uchun hisobdor bo'lishi shart. Bugun saylovchilarimiz o‘z deputatining II chorakdagi ishlarini eshitdilar, o‘zlarini qiynayotgan muammolarni o‘rtaga tashladilar. Bunday ochiq muloqotlar aholining haqiqiy muammolariga yechim topish va davlat idoralari faoliyatini to‘g‘ri baholash imkonini beradi," — deya ta'kidladi Kengash raisi D.Normuradova.

📄Uchrashuvning ikkinchi qismida saylovchilar tomonidan mahalladagi dolzarb masalalar, infratuzilmani yanada yaxshilash, ijtimoiy soha, xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash, kommunal xizmatlar sifati yuzasidan fikr-mulohazalar hamda takliflar bildirildi. Mazkur murojaatlar yuzasidan tegishli mutasaddilar tomonidan izohlar berilib, ayrim masalalar joyida muhokama qilindi, qolganlari esa nazoratga olinishi va qonunchilikda belgilangan tartibda hal etilishi qayd etildi.

🫥Yig‘ilish yakunida saylovchilar tomonidan bildirilgan yangi taklif va murojaatlar deputat F.Homidovning murojaat daftariga rasmiylashtirilib, qat’iy nazoratga olindi.
Slide 1 of 6