Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi 27-sessiyasida tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida 2026-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.
Sessiyada Shovot tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Masharipov Oybek Alisherovich hisobot bilan qatnashib, tumandagi kriminogen vaziyat, sodir etilgan jinoyatlar tahlili, kiberjinoyatlar dinamikasi, ularning kelib chiqish sabablari hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan profilaktik tadbirlar yuzasidan batafsil axborot berdi.
Ta’kidlanganidek, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili hamda “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbirlari doirasida fuqarolarning osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va profilaktika ishlarini kuchaytirish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligini takidladi.
Muhokamalar davomida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri I. Masharipov so‘zga chiqib, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, ayniqsa kiberjinoyatlar profilaktikasini kuchaytirish, yoshlar va fuqarolar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini kengaytirish hamda mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan hamkorlikni yanada faollashtirish zarurligini ta’kidladi.
Sessiya yakunida kun tartibidagi mazkur masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, mas’ul idoralarga belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 2