Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tumandagi tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik o‘rganishlar davom etmoqda.
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash masalalari keng muhokama qilindi
янв.21
Turaqlı komissiya májilisi bolıp ótti.
янв.21
Xalıqtıń mútájligi - deputat itibarında
янв.21
Aholi murojaatiga asosan – deputat joylarga borib o‘rganildi
янв.21
Deputat, nuranıyler menen ushırasıwı
янв.21
Jańa Ózbekstan kórinisindegi máhálleler qatarına Erkindarya awıl puqaralar jıyını da qosıldı
янв.21
Deputat Aspantay awıl puqaralar jıyınında boldı
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI

 MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati Sh.Jo‘rayev hamda tuman
Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov tomonidan doimiy
nazorat tadbirlari doirasida Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘inida
xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
 

O‘rganish jarayonida mahallada xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni
kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj
ayollar bilan manzilli ishlash, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni
mustahkamlash hamda xotin-qizlarning muammo va takliflarini o‘z vaqtida
aniqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
 

Shuningdek, xotin-qizlar faoli tomonidan yuritilayotgan hujjatlar, ehtiyojmand oilalar
bilan ishlash tizimi, “mahalla yettiligi” bilan hamkorlik darajasi hamda
belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan olib borilayotgan amaliy ishlar ko‘zdan
kechirildi.


O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, faoliyat
samaradorligini yanada oshirish, mahalladagi xotin-qizlar bilan manzilli va
tizimli ishlashni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
 

Aniqangan
kamchiliklar “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etilib, ijrosi
deputatlik nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 5