Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ta’lim sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi
янв.21
MÚRÁJÁT UNAMLÍ ShEShILDÍ
янв.21
Turaqlı komissiya májlisi ótkerildi
янв.21
"Áhmiyetli toqsan kúnlik" ilajları sheńberinde rayonlıq sport mektebi úyrenildi
янв.21
Deputat muammoli masalani joyiga chiqib o‘rgandi va ijobiy hal etdi
янв.21
Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Deputatlar Qusxanataw APJ aymaǵındaǵı «Margulan ónermentleri» tigiw cexında boldı.
янв.21
Bozataw rayonında irrigaciya infrastrukturası jaqsılanbaqta
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zosi bilan yoshlarga ajratilgan yerlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI MASALALARI JOYIDA O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 17-Bo‘rsiliq saylov okrugidan saylangan deputat, doimiy komissiya raisi Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich tomonidan fuqarolar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda bildirilgan taklif va mulohazalar asosida "Beshkappa" mahalla fuqarolar yig‘inida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan o‘rganish ishlari amalga oshirildi. O‘rganishda Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Mirzayev Dilshod Ruxutdin o‘g‘li hamda Parkent tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi xodimi M. Mirsolixov ishtirok etdi.Jarayon davomida mahalla hududidagi "Beshkappa" jome masjidi oldidan o‘tuvchi asosiy avtomobil yo‘lida transport harakatini xavfsiz tashkil etish, yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgan nuqtalarni aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalari joyida ko‘rib chiqildi.Shuningdek, IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi xodimi M. Mirsolixov tomonidan hududdagi yo‘l-transport hodisalari tahlili,aniqlanayotgan qoidabuzarliklar hamda ularning oldini olish yuzasidan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.O‘rganish yakunida deputat tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini yanada mustahkamlash, fuqarolar uchun xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar va takliflar ilgari surildi. Mazkur yo‘nalishdagi o‘rganishlar deputatlik nazorati doirasida izchil davom ettiriladi.  

Slide 1 of 3