Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zosi bilan yoshlarga ajratilgan yerlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
Bozataw rayonında irrigaciya infrastrukturası jaqsılanbaqta
янв.21
Tumandagi tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik o‘rganishlar davom etmoqda.
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash masalalari keng muhokama qilindi
янв.21
Turaqlı komissiya májilisi bolıp ótti.
янв.21
Xalıqtıń mútájligi - deputat itibarında
янв.21
Aholi murojaatiga asosan – deputat joylarga borib o‘rganildi
янв.21
Deputat, nuranıyler menen ushırasıwı
янв.21
Jańa Ózbekstan kórinisindegi máhálleler qatarına Erkindarya awıl puqaralar jıyını da qosıldı
Kengash_faoliyati

Deputat nazorati – Mahalla infratuzilmasini yaxshilash yo'lida

Bandixon tumani Bahoriston MFY hududida aholi uchun yanada qulay sharoit yaratish, ichki yo'llar holatini yaxshilash va transport qatnovini xavfsiz hamda qulay tashkil etish maqsadida Bog‘bonlar, Uzun, Mirzo Ulug‘bek, Turon Temuriylar va Sharq Yo‘l ko‘chalarida jami 5 kilometr ichki yo‘lni asfaltlash ishlari uchun tayyorgarlik jarayonlari boshlab yuborildi.

Mazkur loyiha doirasida yo‘llarning texnik holati, asfaltlash hajmi, tayyorgarlik ishlari hamda qurilish jarayonining sifatli tashkil etilishi bo‘yicha joyida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 14-"Bahoriston" saylov okrugidan saylangan deputati Jumayev Sirojiddin Nurqobilovich hamda tuman Kengashi bosh mutaxassis B.Qurbonovlar hududga chiqib, amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida mas'ul tashkilotlar vakillari bilan loyiha ijrosi, yo‘llarning holati va qurilish ishlarini o‘z vaqtida hamda sifatli amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Ta'kidlanganidek, ushbu ko‘chalarning asfaltlanishi mahalla aholisi uchun harakatlanish qulayligini oshirish, transport qatnovini yaxshilash, chang va loy muammolarini kamaytirish, shuningdek, hududning obodonlashuvi va infratuzilmasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Aholining murojaat va takliflari asosida amalga oshirilayotgan bunday bunyodkorlik ishlari mahallalarda yashash sharoitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. Kelgusida ham deputat tomonidan olib borilayotgan ishlar va loyihalar ijrosi doimiy nazoratda bo‘lib, fuqarolar manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan tashabbuslar izchil davom ettiriladi.

Obod mahalla – farovon hayot, ravon yo‘llar esa taraqqiyot va rivojlanish garovidir.

Slide 1 of 3