Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zosi bilan yoshlarga ajratilgan yerlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
Bozataw rayonında irrigaciya infrastrukturası jaqsılanbaqta
янв.21
Tumandagi tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik o‘rganishlar davom etmoqda.
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash masalalari keng muhokama qilindi
янв.21
Turaqlı komissiya májilisi bolıp ótti.
янв.21
Xalıqtıń mútájligi - deputat itibarında
янв.21
Aholi murojaatiga asosan – deputat joylarga borib o‘rganildi
янв.21
Deputat, nuranıyler menen ushırasıwı
янв.21
Jańa Ózbekstan kórinisindegi máhálleler qatarına Erkindarya awıl puqaralar jıyını da qosıldı
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 20-Do‘stlik saylov okrugi hududidagi Novshahar mahallasi hokim yordamchisi faoliyati Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Xurramov Laziz tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash hamda mahallada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar ijrosi tahlil qilindi.

Shuningdek, "mahalla yettiligi" bilan hamkorlik, xonadonbay ishlash tizimi, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda faoliyat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Bunday o‘rganishlar mahallalarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, aholining muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda davlat dasturlari ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2