Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jańa Ózbekstan kórinisindegi máhálleler qatarına Erkindarya awıl puqaralar jıyını da qosıldı
янв.21
Deputat Aspantay awıl puqaralar jıyınında boldı
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputatlar «Aqeden» awılında boldı
янв.21
Deputatlıq jekke qabıllawı ótkerildi.
янв.21
Deputat óz aymaǵında
янв.21
Deputatlardıń saylawshılarǵa esap beriw rejeleri dodalandı
янв.21
Xalıqtıń mútájligi - deputat itibarında
янв.21
Bozataw rayonı Abadanlastırıw basqarmasında úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
«Máhálle jettiligi» sisteması boyınsha alıp barılıp atırǵan jumıslar úyrenildi
Deputat o'z saylovchilariga axborot berdi

Deputat o'z saylovchilariga axborot berdi

✅Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Nilufar Ja’farova tomonidan 2026-yilning 2-choragida deputatlik faoliyati doirasida amalga oshirgan ishlari yuzasidan Urgut tumanidagi 54-Urgut saylov okrugida saylovchilariga axborot berildi.

🌀Ochiq va samimiy ruhda kechgan muloqot davomida deputat tomonidan o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, istiqboldagi rejalar hamda ustuvor vazifalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

✅Tadbirda “Kamongaron”, “Navro‘z”, “Bahrin” va “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘inlari vakillari, nuroniylar, mahalla faollari, xotin-qizlar hamda yoshlar ishtirok etib, hududdagi mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

🔤Uchrashuvda aholi murojaatlari bilan ishlash, ularni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va amaliy yordam ko‘rsatish borasida olib borilgan ishlar alohida qayd etildi. Shuningdek, hudud infratuzilmasini yaxshilash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, mahallalarda uchrayotgan muammolarni bartaraf etish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

♾Muloqot davomida fuqarolar tomonidan ichki yo‘llarning holati, ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi, bandlik masalalari hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq qator taklif va murojaatlar bildirildi. Har bir masala yuzasidan tegishli tartibda choralar ko‘rilishi va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlanishi ta’kidlandi.

🤔Shuningdek, kelgusida hududlarni yanada obod qilish, aholi turmush darajasini oshirish, mavjud muammolarni tizimli hal etish hamda fuqarolar bilan muntazam muloqotni davom ettirish borasidagi vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

✍️Uchrashuv yakunida ishtirokchilar tomonidan deputat faoliyatiga doir takliflar bildirilib, bunday ochiq muloqotlar aholi manfaatlarini ta’minlash, muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimiga erishishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Slide 1 of 3