Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jańa Ózbekstan kórinisindegi máhálleler qatarına Erkindarya awıl puqaralar jıyını da qosıldı
янв.21
Deputat Aspantay awıl puqaralar jıyınında boldı
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputatlar «Aqeden» awılında boldı
янв.21
Deputatlıq jekke qabıllawı ótkerildi.
янв.21
Deputat óz aymaǵında
янв.21
Deputatlardıń saylawshılarǵa esap beriw rejeleri dodalandı
янв.21
Xalıqtıń mútájligi - deputat itibarında
янв.21
Bozataw rayonı Abadanlastırıw basqarmasında úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
«Máhálle jettiligi» sisteması boyınsha alıp barılıp atırǵan jumıslar úyrenildi
Shodiyona mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, sessiyaoldi masalalar deputatlik nazoratiga olindi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Shodiyona mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, sessiyaoldi masalalar deputatlik nazoratiga olindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Frangiza Akramova tomonidan Olmazor tumanidagi 11-Moyqo‘rg‘on saylov okrugi tarkibiga kiruvchi "Shodiyona" mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan navbatdagi ochiq uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan birgalikda amaliy choralar belgilandi.

📝 Muloqot jarayonida deputatlik faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaviy savol hamda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida foydalanish tavsiya etilgan 162 ta muhim qonun talablari asosida mahalladagi mavjud holat atroflicha tahlil qilindi. Xususan, mahalla yettiligi faoliyati, yoshlar bandligi, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash xizmatlari sifati, kommunal xizmatlar, ichki yo‘llar va ularning yoritilishi, elektr energiyasi, gaz va ichimlik suvi ta’minoti, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, obodonlashtirish ishlari, chiqindilarni olib chiqish, jamoat transporti, boshqaruv kompaniyalari faoliyati hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

🔺 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan barcha murojaat va takliflar deputat tomonidan Ko‘chama-ko‘cha deputat daftariga qayd etilib, ularning har biri alohida deputatlik nazoratiga olindi. Murojaatlar bo‘yicha masalalarni bosqichma-bosqich hal etish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari kiritish hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechim topish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

📉 Shuningdek, uchrashuvda mahalla yettiligi vakillari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, hududdagi ijtimoiy va kommunal infratuzilmani yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash hamda mahallada mavjud muammolarni joyida hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Uchrashuv yakunida deputat fuqarolar bilan muntazam ochiq muloqotni davom ettirish, mahalladagi muammolarni 24 ta tavsiyaviy savol va 162 ta muhim qonun asosida tizimli o‘rganish hamda ularning yechimini ta’minlash deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.

💡 Shuningdek, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar sessiyaoldi tartibida deputatning saylov okrugida ijro organlari vakillari ishtirokida joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish davomida aniqlangan muammo va takliflar umumlashtirilib, ularni sessiya muhokamasiga kiritish hamda tegishli choralar ko‘rish uchun Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyatiga taqdim etildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6