Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jańa Ózbekstan kórinisindegi máhálleler qatarına Erkindarya awıl puqaralar jıyını da qosıldı
янв.21
Deputat Aspantay awıl puqaralar jıyınında boldı
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputatlar «Aqeden» awılında boldı
янв.21
Deputatlıq jekke qabıllawı ótkerildi.
янв.21
Deputat óz aymaǵında
янв.21
Deputatlardıń saylawshılarǵa esap beriw rejeleri dodalandı
янв.21
Xalıqtıń mútájligi - deputat itibarında
янв.21
Bozataw rayonı Abadanlastırıw basqarmasında úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
«Máhálle jettiligi» sisteması boyınsha alıp barılıp atırǵan jumıslar úyrenildi
"90 dolzarb kun” dasturi doirasida yoshlar kitobxonligini rivojlantirish va ma'naviy kamolotini yuksaltirish borasidagi ishlar o‘rganildi.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, Kotibiyat mudiri Murotova Lola Ne'matjon qizi “90 dolzarb kun” dasturi doirasida Navbahor mahallasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Shu maqsadda deputat mahalla hududida faoliyat yuritayotgan kutubxonaga tashrif buyurib, yozgi ta'til davrida yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda ma'naviy-ma'rifiy dunyoqarashini yuksaltirishga qaratilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Murotova Lola Ne'matjon qizi kitob inson ma'naviyatini yuksaltirish, tafakkurini boyitish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish va komil shaxsni tarbiyalashda beqiyos o‘rin tutishini alohida ta'kidladi. Shuningdek, u yoshlar qalbida mutolaa madaniyatini shakllantirish, ularni kitobga mehr ruhida tarbiyalash bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekanini qayd etdi.

Ta'kidlanganidek, kitobxonlik yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ma'naviy immunitetini mustahkamlash hamda ularni turli yot g‘oya va salbiy ta'sirlardan asrashning eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Shu bois kutubxonalarda tashkil etilayotgan kitob mutolaasi, ma'naviy-ma'rifiy uchrashuvlar, davra suhbatlari va boshqa madaniy tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tashrif yakunida “90 dolzarb kun” dasturi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish hamda ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3