Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tumandagi tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik o‘rganishlar davom etmoqda.
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash masalalari keng muhokama qilindi
янв.21
Turaqlı komissiya májilisi bolıp ótti.
янв.21
Xalıqtıń mútájligi - deputat itibarında
янв.21
Aholi murojaatiga asosan – deputat joylarga borib o‘rganildi
янв.21
Deputat, nuranıyler menen ushırasıwı
янв.21
Jańa Ózbekstan kórinisindegi máhálleler qatarına Erkindarya awıl puqaralar jıyını da qosıldı
янв.21
Deputat Aspantay awıl puqaralar jıyınında boldı
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 📍 24-sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish olib borildi

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalarni puxta va sifatli ko‘rib chiqish maqsadida joylarda o‘rganish ishlari davom etmoqda.

👥 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 18-Cho‘yinchi–Qishloqbozor saylov okrugi deputati B. Toshpo‘latov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan kun tartibidagi masala yuzasidan hududda o‘rganish ishlari olib borildi.

🌱 O‘rganish davomida “Qishloqbozor” mahallasida tumanda yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, ekin maydonlarining holati, qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish hamda mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

📋 Shuningdek, aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, mavjud muammolarni bartaraf etish va sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqildi. O‘rganish natijalari Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasida atroflicha muhokama qilinadi.

🤝 Bunday o‘rganishlar hududlarni kompleks rivojlantirish, yer resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash hamda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5