Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jańa Ózbekstan kórinisindegi máhálleler qatarına Erkindarya awıl puqaralar jıyını da qosıldı
янв.21
Deputat Aspantay awıl puqaralar jıyınında boldı
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputatlar «Aqeden» awılında boldı
янв.21
Deputatlıq jekke qabıllawı ótkerildi.
янв.21
Deputat óz aymaǵında
янв.21
Deputatlardıń saylawshılarǵa esap beriw rejeleri dodalandı
янв.21
Xalıqtıń mútájligi - deputat itibarında
янв.21
Bozataw rayonı Abadanlastırıw basqarmasında úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
«Máhálle jettiligi» sisteması boyınsha alıp barılıp atırǵan jumıslar úyrenildi
“KOKILDOROTA” MAHALLASIDA DEPUTATLIK NAZORATI: MAHALLA BOSHQARUVI VA AHOLI MUAMMOLARI JOYIDA O‘RGANILDI

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normurodova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov hamda shahar Kengashiga 25-"Kokildorota" saylov okrugidan saylangan deputat M.Sidiqovaning okrugiga qarashli "Kokildorota" mahallasida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-sonli "Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosi doirasida tashkil etildi.

🔍 Monitoring davomida mahalla raisi va "Mahalla yettiligi" faoliyatining tashkil etilishi, aholi bilan ishlash tizimi, xonadonbay yurishlar, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, hududni obodonlashtirish, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, kommunal xizmatlar sifati, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari bilan hamkorlik, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasidagi ishlar atroflicha tahlil qilindi.

💬 Shuningdek, PF–116-son Farmonda mahalla raisi zimmasiga yuklatilgan ustuvor vazifalar, jumladan, "Mahalla yettiligi" faoliyatini muvofiqlashtirish, aholining muammolarini manzilli hal etish, hudud infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish ishlarini tashkil etish, fuqarolar yig‘inida davlat organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish hamda mahallada sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlash borasidagi ishlarning amaldagi holati joyida o‘rganildi.