Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jańa Ózbekstan kórinisindegi máhálleler qatarına Erkindarya awıl puqaralar jıyını da qosıldı
янв.21
Deputat Aspantay awıl puqaralar jıyınında boldı
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputatlar «Aqeden» awılında boldı
янв.21
Deputatlıq jekke qabıllawı ótkerildi.
янв.21
Deputat óz aymaǵında
янв.21
Deputatlardıń saylawshılarǵa esap beriw rejeleri dodalandı
янв.21
Xalıqtıń mútájligi - deputat itibarında
янв.21
Bozataw rayonı Abadanlastırıw basqarmasında úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
«Máhálle jettiligi» sisteması boyınsha alıp barılıp atırǵan jumıslar úyrenildi
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi kotibiyati mudiri N.Toychiyeva xizmat safari doirasida Ulug‘nor tumanida amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari bilan tanishdi.

 Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi kotibiyati mudiri N.Toychiyeva xizmat safari doirasida Ulug‘nor tumanida amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari bilan tanishdi. Jumladan, hudud aholisi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan O‘rmonbek – Oq-tom yo‘li (Chinobod D-131) avtomobil yo‘lida olib borilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari ko‘zdan kechirildi. Tashrif davomida loyihaning amalga oshirilish jarayoni, bajarilgan ishlar hajmi, qurilish sifati hamda belgilangan reja-grafik asosida ishlar olib borilishi yuzasidan mas’ullar axboroti tinglandi. Shuningdek, qurilish ishlarida zamonaviy texnologiyalar va sifatli qurilish materiallaridan foydalanish, yo‘lning mustahkamligi va uzoq muddat xizmat qilishiga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Mazkur loyiha hududning transport infratuzilmasini yanada takomillashtirish, mahallalar o‘rtasidagi transport qatnovini yengillashtirish, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari uchun qulay harakatlanish sharoitini yaratishga xizmat qiladi. Yo‘lning zamonaviy talablar asosida barpo etilishi transport xavfsizligini ta’minlash, yuk va yo‘lovchi tashish imkoniyatlarini kengaytirish hamda hududning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishda muhim omil bo‘ladi. N.Toychiyeva qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda, yuqori sifat bilan yakunlash, texnik talablarga qat’iy rioya qilish hamda yo‘ldan foydalanuvchilar uchun xavfsiz va qulay sharoitlarni yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, loyihaning o‘z vaqtida foydalanishga topshirilishi hudud aholisining uzog‘ini yaqin qilib, ijtimoiy va iqtisodiy faollikni oshirish, tadbirkorlik sub’ektlari uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda Ulug‘nor tumanining transport-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirishga munosib hissa qo‘shishi qayd etildi.  

Slide 1 of 3