Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jańa Ózbekstan kórinisindegi máhálleler qatarına Erkindarya awıl puqaralar jıyını da qosıldı
янв.21
Deputat Aspantay awıl puqaralar jıyınında boldı
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputatlar «Aqeden» awılında boldı
янв.21
Deputatlıq jekke qabıllawı ótkerildi.
янв.21
Deputat óz aymaǵında
янв.21
Deputatlardıń saylawshılarǵa esap beriw rejeleri dodalandı
янв.21
Xalıqtıń mútájligi - deputat itibarında
янв.21
Bozataw rayonı Abadanlastırıw basqarmasında úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
«Máhálle jettiligi» sisteması boyınsha alıp barılıp atırǵan jumıslar úyrenildi
🏥 Sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi

📋 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasida Shovot tumani sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘ining tumanda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlari ijrosi, kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari yuzasidan hisoboti ko‘rib chiqildi.
👨‍⚕️ Hisobot davomida tumandagi 18 ta oilaviy poliklinika, markaziy shifoxona va birlamchi tibbiyot muassasalari faoliyati, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, xonadonbay tibbiy xatlovlar, skrining tadbirlari hamda kasalliklarni erta aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
🩺 Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarning oldini olish, laboratoriya va diagnostika xizmatlarini takomillashtirish, tez tibbiy yordam tizimi hamda tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasidagi natijalar alohida ta’kidlandi.
📢 Shuningdek, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollikni oshirish va zararli odatlarning oldini olish bo‘yicha keng ko‘lamli targ‘ibot ishlari olib borilayotgani qayd etildi.
✅ Doimiy komissiya tomonidan:
🔹 birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatlari sifatini yanada oshirish;
🔹 skrining tadbirlarini sifatli tashkil etish;
🔹 xavf guruhidagi fuqarolar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish;
🔹 tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini muntazam oshirish;
🔹 tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
🔹 aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va qamrovini yanada kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🤝 Aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni barvaqt aniqlash va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash borasidagi ishlar doimiy nazorat ostida davom ettiriladi.