Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jańa Ózbekstan kórinisindegi máhálleler qatarına Erkindarya awıl puqaralar jıyını da qosıldı
янв.21
Deputat Aspantay awıl puqaralar jıyınında boldı
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputatlar «Aqeden» awılında boldı
янв.21
Deputatlıq jekke qabıllawı ótkerildi.
янв.21
Deputat óz aymaǵında
янв.21
Deputatlardıń saylawshılarǵa esap beriw rejeleri dodalandı
янв.21
Xalıqtıń mútájligi - deputat itibarında
янв.21
Bozataw rayonı Abadanlastırıw basqarmasında úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
«Máhálle jettiligi» sisteması boyınsha alıp barılıp atırǵan jumıslar úyrenildi
#qonun_19_1_modda #yoshlar_maslahat_guruhi #doimiy_komissiya #ekspert_guruhi #tavsiyalar
#qonun_19_1_modda
#yoshlar_maslahat_guruhi
#doimiy_komissiya
#ekspert_guruhi
#tavsiyalar
Kogon shahridagi mahallalarda zamonaviy kirish darvozalarini o‘rnatish ishlari va ushbu maqsadlar uchun ajratilgan budjet mablag‘larining belgilangan yo‘nalishlarda sarflanishi Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida bajarilgan ishlarning sifati, o‘rnatilgan inshootlarning hudud infratuzilmasiga mosligi hamda mahallalar qiyofasiga qo‘shayotgan hissasi ko‘zdan kechirildi.

Bugungi kunda zamonaviy ko‘rinishga ega kirish darvozalari mahallalarga fayz va ko‘rk bag‘ishlab, shahar obodonchiligi hamda hududlarning yanada jozibador bo‘lishiga xizmat qilmoqda.

Deputatlar tomonidan o‘rganish jarayonida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni sifatli davom ettirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar ustidan Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan nazorat o‘rnatilib, komissiya faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash vazifalari bosh mutaxassis Z. Temirova tomonidan amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 8