Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#19_doimiy_komissiya #kotibiyat_xodimi

Yoshlar masalalari doimiy e'tiborda
Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashiga 24-Vorsin saylov okrugi deputati, doimiy komissiya raisi L.Muminova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Rajabova tomonidan "Varsin" mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
Mazkur o‘rganishlar xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining 28-sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan Yoshlar ishlari bo‘limi hisobotini har tomonlama va xolis baholash maqsadida tashkil etildi.
Mahallada yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, tadbirkorlikka jalb etish, "Yoshlar daftari" bilan ishlash hamda davlat dasturlarning bajarilishi tahlil qilindi. Aniqlangan holatlar va takliflar sessiyada hisobotni ko‘rib chiqishda inobatga olinadi.
Deputatlik nazorati doirasida joylarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar hududlarda mavjud muammolarni aniqlashga xizmat qiladi.

Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 2