essiya kun tartibidagi dastlabki masala sifatida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ijrosi bo‘yicha tumanda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Mazkur masala yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sharipov Adham A’zamjonovich hisobot bilan chiqish qildi. Hisobotda strategiya doirasida hududda olib borilayotgan islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari hamda belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar atroflicha yoritildi.
Ta’kidlanganidek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, investitsiyalarni jalb etish, infratuzilmani yaxshilash hamda ijtimoiy sohalarda xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Batafsil: https://www.facebook.com/share/v/1BPeX6NX6r/0
✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook