Hududlarda aholi bandligini ta’minlash va
kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
Piskent tumanida hokim yordamchilari
tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda aholini
kambag‘allikdan chiqarish dasturlari ijrosini ta’minlash maqsadida doimiy
monitoring ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, 9-Birlik saylov okrugi deputati,
Ekologiya partiyasi guruhi a’zosi Sh.Fayziyevaning saylov okrugiga qarashli
"Birlik" MFY hududida kotibiyat bosh mutaxassisi L.Iskandarov
tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish natijalari bo‘yicha quyidagi
ishlar amalga oshirilgan:
✅ Imtiyozli kreditlar: Aholining bandligini ta’minlash va tadbirkorlik
tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 4 nafar fuqaroga jami 90 million
so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi.
✅ Kasb-hunarga o‘qitish: Mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarni
egallash orqali fuqarolarning daromadlarini oshirish maqsadida 23 nafar fuqaro
vaucher asosida kasb-hunarga o‘qishga yo‘naltirildi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar hududlarda
davom ettirilmoqda.
Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati)
Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/
Instagram(https://www.instagram.com/piskent_tuman_kengashi?igsh=MXY1ZzNjYXhweG1oZw