Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat mahallada Ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish sifati va hududdagi kommunal muammolar o‘rganildi

 Ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish
sifati va hududdagi kommunal muammolar o‘rganildi
 

Piskent tumanidagi boshqaruv kompaniyalari
faoliyati samaradorligini oshirish hamda ko‘p qavatli uylar atrofidagi
obodonlashtirish ishlarini nazorat qilish maqsadida monitoring o‘tkazildi.
 

9-Birlik saylov okrugi deputati, Ekologiya
partiyasi guruhi a’zosi Sh.Fayziyevaning hududiga qarashli "Birlik"
mahalla fuqarolar yig‘inida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi
L.Iskandarov "Birlik" MFY raisi bilan uchrashib, hududdagi ko‘p
qavatli uylarning holati yuzasidan suhbatlashdi.
 

O‘rganish jarayonida aniqlangan muammolar: 

Uchrashuv davomida "Birlik"
massividagi ko‘p qavatli uylarning yerto‘la qismida suv yig‘ilib qolgani aholi
uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqarayotgani ma’lum bo‘ldi. Jumladan:
 

Yerto‘lalardagi suvlar yoz mavsumida turli
hasharotlar, xususan, chivinlarning ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.
 

Ko‘p qavatli uylarning kanalizatsiya tizimi
yaroqsiz holga kelib qolganligi qayd etildi.
 

Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati)  

Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/