Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jańa Ózbekstan kórinisindegi máhálleler qatarına Erkindarya awıl puqaralar jıyını da qosıldı
янв.21
Deputat Aspantay awıl puqaralar jıyınında boldı
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputatlar «Aqeden» awılında boldı
янв.21
Deputatlıq jekke qabıllawı ótkerildi.
янв.21
Deputat óz aymaǵında
янв.21
Deputatlardıń saylawshılarǵa esap beriw rejeleri dodalandı
янв.21
Xalıqtıń mútájligi - deputat itibarında
янв.21
Bozataw rayonı Abadanlastırıw basqarmasında úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
«Máhálle jettiligi» sisteması boyınsha alıp barılıp atırǵan jumıslar úyrenildi
#24_ta_masala #ish_reja_ijrosi #kotibiyat_mudiri

Mamlakatimizda aholi farovonligini oshirish va hududlarda kichik biznesni rivojlantirish maqsadida joriy etilgan "Hokim yordamchilari" instituti bugun oʻzining amaliy natijalarini koʻrsatmoqda.
Saribozor mahallasi hokim yordamchisi tomonidan hududda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida tashkil etilgan mikroloyihalarning samaradorligi tahlil qilindi. Xususan, mahalladagi yetakchi yoʻnalishlardan biri boʻlgan issiqxona xoʻjaligi faoliyati yaqindan oʻrganildi.
Mazkur monitoring jarayonida asosiy eʼtibor issiqxonaning mahsuldorligi, agrotexnik talablarga rioya etilishi hamda mahsulot sotish zanjirini toʻgʻri shakllantirish masalalariga qaratildi. Shuningdek, muloqot davomida tadbirkorning ishlab chiqarish hajmini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratishga qaratilgan taklif va mulohazalari atroflicha tinglandi.
Bildirilgan takliflar asosida hududiy infratuzilmani yaxshilash va tadbirkorga zaruriy amaliy koʻmak berish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi. Saribozor mahallasida kichik biznes subyektlarini qoʻllab-quvvatlash hamda aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan ushbu tizimli ishlar tizimli ravishda davom ettiriladi.
Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 3