Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jańa Ózbekstan kórinisindegi máhálleler qatarına Erkindarya awıl puqaralar jıyını da qosıldı
янв.21
Deputat Aspantay awıl puqaralar jıyınında boldı
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputatlar «Aqeden» awılında boldı
янв.21
Deputatlıq jekke qabıllawı ótkerildi.
янв.21
Deputat óz aymaǵında
янв.21
Deputatlardıń saylawshılarǵa esap beriw rejeleri dodalandı
янв.21
Xalıqtıń mútájligi - deputat itibarında
янв.21
Bozataw rayonı Abadanlastırıw basqarmasında úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
«Máhálle jettiligi» sisteması boyınsha alıp barılıp atırǵan jumıslar úyrenildi
“Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan deputat Sh.Dexkanov saylangan 6-"Sadoqat" saylov okrugi hududidagi "Gʻishtli masjid" mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishda shahar hokimining maslahatchisi D.Alimova ishtirok etib, mahalla "yettiligi" a’zolari bilan qonun talablarining amaliy ijrosi yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

Xususan, mahalla fuqarolar yig‘inida xizmat hujjatlarini lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritish, rasmiy ish yuritishda davlat tili me’yorlariga qat’iy rioya etish, turli hajm va mazmundagi peshlavha, e’lon, ko‘rsatkich va axborot lavhalarini qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla hududidagi simyog‘ochlarga noqonuniy ravishda joylashtirilgan reklama va e’lonlarni bartaraf etish, tashqi yozuvlarni davlat tili talablariga moslashtirish hamda hududning estetik qiyofasini yaxshilash yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun talablariga to‘liq rioya etish, ish yuritish madaniyatini yanada takomillashtirish hamda noqonuniy reklama va e’lonlarning oldini olish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 1