Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining 18-Xonchorbog‘ saylov okrugidan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partyasi orqali saylangan deputat Ro‘ziqulova Dilobar Sirojevna hududdagi ijtimoiy dorixonaga tashrif buyurdi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholini arzon va sifatli dori-darmon vositalari bilan ta’minlash darajasini ko‘zdan kechirish bo‘ldi. Deputat ijtimoiy dorixonada yaratilgan shart-sharoitlar, dori vositalarining zaxirasi, ayniqsa, ehtiyojmand qatlam uchun mo‘ljallangan zarur dorilarning mavjudligi hamda narx-navoning barqarorligi bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, muloqot davomida dorixona xodimlarining faoliyati, iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmat ko‘rsatish madaniyati va aholining dori vositalariga bo‘lgan talab-ehtiyojlari xususida fikr almashildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan xizmat sifatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.