Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jańa Ózbekstan kórinisindegi máhálleler qatarına Erkindarya awıl puqaralar jıyını da qosıldı
янв.21
Deputat Aspantay awıl puqaralar jıyınında boldı
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputatlar «Aqeden» awılında boldı
янв.21
Deputatlıq jekke qabıllawı ótkerildi.
янв.21
Deputat óz aymaǵında
янв.21
Deputatlardıń saylawshılarǵa esap beriw rejeleri dodalandı
янв.21
Xalıqtıń mútájligi - deputat itibarında
янв.21
Bozataw rayonı Abadanlastırıw basqarmasında úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
«Máhálle jettiligi» sisteması boyınsha alıp barılıp atırǵan jumıslar úyrenildi
#deputatlik_faoliyati

#deputatlik_faoliyati

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Alisher Turdiyev Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboyev bilan birgalikda Nurafshon shahridagi ko‘p qavatli uy-joylar hududida o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (podyezdlari), yerto‘lalari, tutash hududlari, bolalar maydonchalari hamda umumiy foydalanish joylarining sanitariya holati, obodonlashtirish ishlari, tungi yoritish tizimlarining ishlash darajasi va aholi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, uy-joy fondini saqlash, hududlarni ozoda tutish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan aholi vakillari bilan muloqot o‘tkazilib, ularni qiynab kelayotgan muammolar va takliflar tinglandi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga tavsiyalar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ko‘p qavatli uylar hududlarida qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish masalalari nazoratga olindi.

Slide 1 of 3