Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zosi bilan yoshlarga ajratilgan yerlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
Bozataw rayonında irrigaciya infrastrukturası jaqsılanbaqta
янв.21
Tumandagi tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik o‘rganishlar davom etmoqda.
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash masalalari keng muhokama qilindi
янв.21
Turaqlı komissiya májilisi bolıp ótti.
янв.21
Xalıqtıń mútájligi - deputat itibarında
янв.21
Aholi murojaatiga asosan – deputat joylarga borib o‘rganildi
янв.21
Deputat, nuranıyler menen ushırasıwı
янв.21
Jańa Ózbekstan kórinisindegi máhálleler qatarına Erkindarya awıl puqaralar jıyını da qosıldı
#Kengash_raisi #96_Qonun

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi Raisi D.Ulug‘boyeva hamda tuman hokimi o‘rinbosari J.Radjabov, tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mas'ul xodimlari, umumiy o'rta ta'lim maktabi direktorlari Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida bo‘ldilar.
Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — sportni rivojlantirish bo‘yicha Zarbdor tumanida amalga oshirilayotgan muvaffaqiyatli loyihalar, zamonaviy sport majmualari va "mahalla — sektor — tuman" zanjiri asosida yo‘lga qo‘yilgan tizim bilan yaqindan tanishishdir.

Mutasaddilar tashrif davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratdilar:

Zamonaviy polimer qoplamali maydonchalar va yopiq sport zallarining qurilish loyihalari;

Aholining barcha qatlamlarini, ayniqsa yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishning yangicha usullari;

Yurtboshimiz tomonidan qabul qilingan qarorlari asosida barpo etilayotgan obyektlarning sifat darajasi.

Toyloq tumani uchun yangi rejalar
O‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki, Zarbdor tumanidagi sport inshootlarining barpo etilish uslubi va ulardan foydalanish samaradorligi yuqori. Shu bois, ushbu loyihalarni Toyloq tumanida ham hayotga tatbiq etish, mavjud sport maydonchalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

"Sport — bu nafaqat salomatlik, balki yoshlar tarbiyasining muhim bo‘lagidir. Zarbdor tajribasidan andoza olgan holda, Toyloqda ham yoshlarimiz intiladigan zamonaviy sport maskanlarini ko‘paytiramiz" — deya ta’kidladi D.Ulug‘boyeva.

Tez orada Toyloq tumanida ham yangi sport ob’ektlari bo‘yicha amaliy ishlar boshlanishi kutilmoqda. Bu esa tuman yoshlari uchun munosib sovg‘a bo‘ladi.

Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 3