Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tumandagi tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik o‘rganishlar davom etmoqda.
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash masalalari keng muhokama qilindi
янв.21
Turaqlı komissiya májilisi bolıp ótti.
янв.21
Xalıqtıń mútájligi - deputat itibarında
янв.21
Aholi murojaatiga asosan – deputat joylarga borib o‘rganildi
янв.21
Deputat, nuranıyler menen ushırasıwı
янв.21
Jańa Ózbekstan kórinisindegi máhálleler qatarına Erkindarya awıl puqaralar jıyını da qosıldı
янв.21
Deputat Aspantay awıl puqaralar jıyınında boldı
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Doimiy komissiya tomonidan "Nuroniylar" jamg‘armasi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari, ijro organi vakili – tuman hokimligi bosh mutaxassisi M. Shaymanov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B. Panjiyev ishtirokida tuman "Nuroniylar" jamg‘armasi bo‘limida joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi PQ–405-sonli "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorining tumandagi ijrosi, xususan, 2026-yil birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi.

Shundan so‘ng, doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bevosita "Nuroniylar" jamg‘armasi bo‘limida o‘tkazildi. Yig‘ilishda jamg‘arma bo‘limining mazkur masala yuzasidan axboroti eshitilib, qaror ijrosi holati keng muhokama qilindi.

Muhokamalar yakunida doimiy komissiyaning tegishli xulosasi qabul qilinib, mazkur masalani Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashining VII chaqiriq 26-sessiyasi kun tartibiga kiritish hamda belgilangan tartibda tegishli qaror qabul qilish uchun tavsiya etish yuzasidan qaror qabul qilindi.

Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashining doimiy komissiyalari tomonidan davlat dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini joyiga chiqqan holda o‘rganish, mavjud holatni atroflicha tahlil qilish hamda masalalarni sessiyaga puxta tayyorlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4