Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

9-may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “5000 qadam” yurish marafoni o‘tkazildi

Sardoba tumanida 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan ramziy ahamiyatga ega bo‘lgan “5000 qadam” yurish marafoni tashkil etildi.
Unda tuman hokimi deputat Z.Karimov va turli tashkilotlar xodimlari, yoshlar hamda keng jamoatchilik faol qatnashdi. Ishtirokchilar bir safda yurib, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida jonini fido qilgan ajdodlar xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.
Mazkur aksiya orqali tinchlikning qadriga yetish, ajdodlar jasoratini ulug‘lash hamda yoshlar ongida Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish maqsad qilindi

Slide 1 of 6