Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Ko‘p qavatli uydagi lift tizimi holati yuzasidan fuqarolar murojaati o‘rganildi

Ko‘p qavatli uydagi lift tizimi holati yuzasidan fuqarolar murojaati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Faizieva Feruza Mardonovna xizmat safarida bo‘lganligi sababli, fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaat Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Astanova tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Navoiy shahar Lomonosov ko‘chasi 7-uyda joylashgan ko‘p qavatli turar-joy binosidagi lift tizimi holati ko‘zdan kechirildi.

Fuqarolar tomonidan bildirilishicha, mazkur binoda o‘rnatilgan liftlardan faqat bittasi ishlayotgan bo‘lib, aholining soni ko‘pligi sababli ushbu holat aholi uchun sezilarli noqulayliklar tug‘dirmoqda. Ayniqsa, yuqori qavatlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning kundalik harakatlanishida qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani qayd etildi.

O‘rganish davomida lift uskunasining yuklamaga bardosh berish quvvati yetarli emasligi va mavjud texnik holat to‘liq xizmat ko‘rsatishni ta’minlay olmayotgani aniqlanib, ushbu muammo yuzasidan tegishli xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar ishtirokida texnik ko‘rikdan o‘tkazish zarurligi belgilandi.

Mazkur holat bo‘yicha lift uskunalarini ta’mirlash, to‘liq ish holatiga keltirish hamda aholi uchun xavfsiz va uzluksiz xizmat ko‘rsatishni ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, aniqlangan muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 1