Yangiliklar

#162_ta_qonun

2014-yil 25-sentabrda qabul qilingan “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-376-son) davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi hamkorlikning huquqiy asoslarini belgilaydi.

📌 Mazkur qonunga muvofiq, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari jamiyat hayotiga daxldor masalalarni hal etishda, davlat dasturlarini amalga oshirishda hamda aholi manfaatlarini himoya qilishda faol ishtirok etadi.

👥 Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari ham fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda hududlarni rivojlantirish, aholi muammolarini o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish borasida faol ishtirok etadilar.

✅ Ijtimoiy sheriklik — xalq manfaatlari yo‘lida samarali hamkorlik va taraqqiyot omili!

Slide 1 of 1