Yangiliklar

“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o'rganildi.

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati M.Murodov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi I.Qaxorov tomonidan 19-P.Valik MFY saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi.

⬆️Mazkur masala “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi yuzasidan 16-sonli bolalar bog‘chasi va 14-sonli maktabda olib borilgan o‘rganish ishlari bilan bog‘liq.

📌Ushbu yo‘nalishda MFY raisini jalb etgan holda, deputat M.Murodov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi I.Qaxorov tomonidan tegishli ta’lim muassasalarida qonun ijrosi holati o‘rganildi.

➡️O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkiloti (16-sonli bog‘cha) va umumiy o‘rta ta’lim muassasasi (14-maktab) faoliyatida “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun talablariga rioya etilishi, ta’lim-tarbiya jarayonlarining tashkil etilishi hamda moddiy-texnik baza holati tahlil qilindi.

📆Shuningdek, muassasalarda o‘quv-tarbiya jarayonining sifati, pedagog kadrlar bilan ta’minlanganlik, hamda o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilarga yaratilgan sharoitlar ham ko‘rib chiqildi.

❗️Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, qonun ijrosini yanada ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 7