Yangiliklar

Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi, 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat M.Kazakova tomonidan hududda faoliyat yuritayotgan tikuv korxonasida o‘rganish ishlari olib borildi.

#Doimiy_komissiya_faoliyati
#19_1_modda

Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi, 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat M.Kazakova tomonidan hududda faoliyat yuritayotgan tikuv korxonasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida korxonada yaratilgan mehnat sharoitlari, xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishildi. Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishsiz fuqarolarni, ayniqsa xotin-qizlarni doimiy bandlik bilan ta’minlash va korxona faoliyatini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat davomida tadbirkorlarning taklif va muammolari tinglanib, ularni hal etish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 3