Yangiliklar

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov tomonidan Oqqo‘rg‘on mahallasida xotin-qizlarning bandligi, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etilishi hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

#24_ta_masala
#deputat_daftari

O‘rganish davomida mahalladagi ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, imtiyozli kredit va subsidiyalardan foydalanish imkoniyatlari, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiynayotgan muammolar, murojaat va takliflar tinglandi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 2