✅ Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashiga 24-Navro‘z saylov okrugidan saylangan deputat Isroiljon Turdaliyev tomonidan “Navro‘z”
mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Uch-uyli” mahallasida yashovchi fuqaro Aliyeva Nigoraxonning sog‘ligini tiklash masalasida amaliy yordam
so‘rab qilgan murojaati o‘rganilib, tuman Tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda tuman Markaziy shifoxonasida davolanishi uchun yo‘llanma olib berildi.
✅ Shuningdek “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘inining Qo‘shtepa mahallasida yashovchi fuqaro Mahkamova Mavludaxonning oilaviy nizolar masalasidagi murojaati o‘rganildi hamda oila a’zolari murosaga keltirilib, yarashtirildi.