Bugun, 1-iyul kuni Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov hamda Kogon shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari M. Sadulloyeva tomonidan Xalq qabulxonasida fuqarolarning shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, bandlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kommunal xizmatlar hamda boshqa yo‘nalishlarga oid murojaatlar va takliflar tinglandi. Har bir murojaat amaldagi qonunchilik talablari asosida atroflicha ko‘rib chiqilib, ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar esa tegishli korxona va tashkilotlarga ijro uchun yo‘naltirildi.
Murojaatlar bo‘yicha aniq ijro muddatlari belgilandi hamda ularning o‘z vaqtida va sifatli hal etilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolariga yechim topish va qonuniy manfaatlarini ta’minlash ustuvor vazifa ekani alohida ta’kidlandi. Murojaatlar ijrosi Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati hamda mas’ul tashkilotlar tomonidan nazoratga olindi.
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi axborot xizmati