Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyat mudiri F. Xolmuratova, tuman Kengashi deputati N. Dusmurodov hamda hokim maslahatchisi O. Norimova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-641-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
O‘rganish jarayonida “Shuhrat” MCHJ rahbari Furqat Nurmamatovga qarashli yoqilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati o'rganildi.
Samarqand–Kattaqo‘rg‘on avtomobil yo‘li bo‘yida joylashgan mazkur yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi sanitariya-gigiyena xonalari, nogironligi bo‘lgan fuqaro uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
Monitoring davomida obyektning nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratish bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiqligi, kirish-chiqish imkoniyatlari, qulayliklar tahlil qilindi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud holat yuzasidan tavsiyalar berildi.