Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahalla yettiligi bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Xoliqulova tomonidan Baxshiboyi mahallasi yettiligi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

O‘zaro suhbat davomida mahalladagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holati hamda hududni yanada obod qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla yettiligi bilan hamkorlikda aholi murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, muammolarga amaliy yechim topish va fuqarolarning turmush farovonligini oshirish yuzasidan kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

✅ Mahalla va deputat hamkorligi – hudud rivoji hamda aholi manfaatlarini ta’minlashning muhim omilidir.

Slide 1 of 1