Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati mudiri Shomaxmudov Shoanvar “Nodirabegim” mahallasida PQ-1 qarori ijrosi yuzasidan
IIO FMB xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
 

Uchrashuvda mahalla hududida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar bilan manzilli ishlash, qarovsiz va nazoratsiz
qolgan voyaga yetmaganlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
 

Profilaktika inspektori mahallada huquqbuzarliklarning sodir etilishini oldini olish, ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni aniqlash hamda “yettilik” va mahalladagi jamoatchilik tuzilmalari bilan birgalikda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralar yuzasidan ma’lumotlarni taqdim etdi. 

Bo‘lib o‘tgan uchrashuv jarayonida deputat mahallada migratsiyaga chiqib ketgan va qaytib kelgan fuqarolar va ularning oila a’zolari bilan muloqotlarni uyushtirish hamda aniqlangan muammolarni hal etishga ko‘maklashish yuzasidan qo‘shimcha tavsiyalar berdi. 

Slide 1 of 3